O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish hamda fiskal tahlillar instituti budjet-soliq siyosati, davlat moliyasi, yashirin iqtisodiyot, soliq va bojxona ma’murchiligi hamda fiskal tahlillar yo‘nalishlarida ilmiy-tadqiqotlar olib boruvchi davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Institut faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi
PQ-364-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, budjet daromadlari bazasini kengaytirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona tizimini takomillashtirish hamda iqtisodiy islohotlarning ilmiy-tahliliy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan.
Institut tomonidan davlat organlari va tashkilotlari uchun tahliliy materiallar, ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi, ilg‘or xalqaro tajriba o‘rganiladi hamda iqtisodiy va fiskal siyosatning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy tadqiqotlar amalga oshiriladi.