VAKANT LAVOZIMLAR UCHUN TANLOV E'LON QILINADI
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish hamda fiskal tahlillar instituti yuqori malakali va tashabbuskor mutaxassislarni quyidagi vakant lavozimlarga tanlov asosida ishga taklif etadi.
Budjet siyosati va davlat moliyasini boshqarish tizimi islohotlariga ko‘maklashish boshqarmasi:
- boshqarma boshlig‘i.
Yashirin iqtisodiyot, soliq va bojxona ma’murchiligini tahlil qilish boshqarmasi:
- bosh mutaxassis
- yetakchi mutaxassis
Soliq, bojxona va tarif siyosatini takomillashtirish boshqarmasi:
- boshqarma boshlig‘i
- bosh mutaxassis
Davlat organlarida ichki nazorat va auditni takomillashtirish bo‘limi:
- bosh mutaxassis
- yetakchi mutaxassis
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- iqtisodiyot, moliya, soliq, bojxona, audit, statistika yoki boshqa tegishli yo‘nalishlarda oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
- mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- davlat tilini mukammal bilish, xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi;
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik va jamoada ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish;
- ilmiy daraja (PhD yoki DSc) mavjudligi ustunlik sifatida baholanadi.
📩 Qiziqish bildirgan nomzodlar o‘z rezyumelarini aloqa uchun telefon raqamini ko‘rsatgan holda quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi:














