🏅 2026-yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Robert E. Hall va Michael Woodfordga berildi
Stenford universiteti professori Robert E. Hall va Kolumbiya universiteti professori Michael Woodford iqtisodiyotni barqarorlashtirishning mikroiqtisodiy asoslarini ishlab chiqqani uchun mukofotga sazovor bo‘ldi.
💡 Ular nima ish qilgan?
Olimlar odamlarning xarid qilish va jamg‘arish, korxonalarning esa narx belgilash haqidagi qarorlari butun iqtisodiyotga qanday ta’sir qilishini tushuntiruvchi modellar yaratgan.
Ular odamlar va biznes qaror qabul qilishda kelajakdagi iqtisodiy vaziyatni ham hisobga olishini ko‘rsatgan. Shu bois hukumat va markaziy bankning kelgusi rejalari haqida aniq axborot berishi bugungi xaridlar, jamg‘armalar va narxlarga ta’sir qilishi mumkin.
Bu tadqiqotlar hukumatlar va markaziy banklarga foiz stavkalari hamda budjet siyosati orqali iqtisodiy pasayish va keskin tebranishlarni yumshatish choralarini ishlab chiqishda yordam beradi.
🔗 Batafsil


















