+998 71 239 19 52
||

Ilmiy tadqiqotlar va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi

13 May 2026Yangilik

Institut xalqaro hamkorlardan biri bilan ilmiy tadqiqot va ta'lim sohasidagi aloqalarni kuchaytirish maqsadida memorandum imzoladi. Hamkorlik doirasida qo'shma dasturlar va tajriba almashinuvi rejalashtirilgan.

Joriy yilning 13-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, fiskal tahlil” institutida Rossiya Federatsiyasining nodavlat ta’lim muassasasi Professional ta’lim instituti bilan Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum “Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, fiskal tahlil” instituti direktori Abbosbek Jurayev hamda Professional ta’lim instituti rektori Yuliya Usova tomonidan imzolandi.

Memorandumda iqtisodiyot, moliya va budjet-soliq siyosati, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish hamda soliq va bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish sohalarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, tomonlar yer-mulk munosabatlari, ko‘chmas mulkni baholash va boshqarish masalalarida hamkorlik qilish, ilmiy konferensiyalar, forumlar, seminarlar va vebinarlar o‘tkazishga kelishib oldilar.

Tomonlar uchrashuvda erishilgan uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish ikki institut o‘rtasida bilim almashish uchun zamin yaratishiga va iqtisodiy rivojlanish uchun qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga imkon berishiga ishonch bildirdilar.


Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy