+998 71 239 19 52
||

Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot boʻyicha qonun loyihasi muhokama etildi

2 Iyul 2026Yangilik 117

Joriy yilning 2-iyun kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish hamda fiskal tahlillar institutida “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi yuzasidan ekspertlik muhokamasi tashkil etildi.

Uchrashuvda buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, audit, soliqqa tortish, buxgalteriya xizmatlari autsorsingi hamda professional taʼlim sohasi ekspertlari ishtirok etib, qonun loyihasining konseptual asoslari, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot oʻrtasidagi farqlar, moliyaviy hisobotning shaffofligi va ishonchliligini taʼminlash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Muhokama davomida moliyaviy hisobotni faqat fiskal maqsadlar bilan cheklab qoʻymaslik, uni investorlar, kreditorlar, aksiyadorlar va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar uchun ishonchli axborot manbai sifatida shakllantirish, shuningdek buxgalteriya xizmatlarini autsorsing asosida yuritish va professional buxgalter maqomiga oid normalarni takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Tadbir yakunida ekspertlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va amaliy takliflarni umumlashtirish hamda ularni qonun loyihasini yanada takomillashtirish jarayonida inobatga olish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy