Buxoroda yangi iqtisodiyot, sun’iy intellekt va innovatsion rivojlanish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 31-iyul kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Fiskal tahlillar instituti vakillari, shuningdek, sun’iy intellekt va innovatsiyalar bo‘yicha xalqaro strategik maslahatchi Samer Chidiac ishtirokida Buxoro viloyatining iqtisodiy va texnologik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan uchrashuv va tadbirlar o‘tkazildi.
Fiskal tahlillar instituti Buxoro viloyatiga biriktirilgan “aql markazi” sifatida hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ilmiy-tahliliy jihatdan ko‘maklashib kelmoqda.
Tashrif doirasida viloyat rahbariyati bilan hududning mavjud imkoniyatlarini innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va inson kapitali orqali yangi iqtisodiy qiymatga aylantirish, iqtisodiy jarayonlar shaffofligini oshirish hamda fiskal barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Buxoro Agroklaster” faoliyati bilan tanishilib, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarishni yagona tizimda rivojlantirish, zamonaviy texnologik yechimlarni keng joriy etish, hisobdorlikni oshirish hamda yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif davomida sun’iy intellekt bo‘yicha hokim maslahatchilari va startapchilar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdim etildi. Ularning iqtisodiy tahlil, fiskal monitoring va boshqaruv jarayonlarida qo‘llanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Xalqaro ekspert loyihalarning amaliy ahamiyatini baholab, ularni yanada rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Seminarda sun’iy intellekt imkoniyatlari, kelajak kasblari, mehnat bozoridagi yangi tendensiyalar, zamonaviy mutaxassislar uchun zarur kompetensiyalar, yangi biznes modellari hamda davlat, ilm-fan va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, universitetda amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion loyihalar va sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan “Kutubxona BSTU” elektron kutubxonasi imkoniyatlari namoyish etildi.
O‘tkazilgan tadbirlar Buxoro viloyatining iqtisodiy va innovatsion salohiyatini kelajak talablariga muvofiq rivojlantirish, istiqbolli g‘oyalarni amaliy yechimlarga aylantirish hamda yangi iqtisodiy imkoniyatlarni shakllantirish uchun muhim muloqot maydoni bo‘ldi.
Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va fiskal tahlillar instituti





















