+998 71 239 19 52
||

Fintech va soliq: birgalikda yangi yechimlar izlaymiz

3 Iyul 2026Yangilik 175

3-iyul kuni O'zbekiston Fintech Assotsiatsiyasi hamda Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma'muriyatini takomillashtirish hamda fiskal tahlillar instituti birgalikda davra suhbati o'tkazdi. Ushbu tadbir fintech sohasi va davlat organlari o'rtasidagi muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni birgalikda hal etish maqsadida tashkil etildi.

Suhbat davomida bir qator dolzarb masalalar ko'rib chiqildi. Xususan, naqdsiz to'lovlar va elektron cheklar fiskalizatsiyasi, to'lov agregatorlari hamda marketpleyslar faoliyatidagi muammolar, BNPL xizmatini tartibga solish, mas'uliyatli kreditlash tamoyillarini ishlab chiqish, shuningdek soliq ma'muriyatini takomillashtirish va fintech bozori bilan davlat organlari o'rtasidagi hamkorlik mexanizmlari muhokama qilindi.

Davra suhbati bir qator muhim natijalarga erishish bilan yakunlandi. Jumladan, fintech kompaniyalari, banklar, to'lov tashkilotlari va davlat organlari ishtirokidagi doimiy ishchi guruh tashkil etiladi, hamkorlikning 5 ta ustuvor yo'nalishi tasdiqlanadi, raqamli to'lovlar fiskalizatsiyasini takomillashtirish bo'yicha yo'l xaritasi ishlab chiqiladi hamda BNPL xizmatini tartibga solish bo'yicha tavsiyalar va tarmoq Etika kodeksi tayyorlanadi.

Tadbirda ATMOS, TBC Uzbekistan, ALIF, UZUM va Solutions Lab kompaniyalari vakillari, shuningdek O'zbekiston Fintech Assotsiatsiyasi rahbariyati faol ishtirok etdi. Tadbir yakunida tomonlar o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy