+998 71 239 19 52
|||

Fiskal tahlillar instituti va Bojxona instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

23 Oktabr 2026Yangilik 18

Fiskal tahlillar instituti hamda Bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Hamkorlik doirasida bojxona ma’murchiligi, tashqi savdo va yashirin iqtisodiyot masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish nazarda tutilgan. Xususan, bojxona imtiyozlarining samaradorligini baholash, tashqi savdo statistikasidagi tafovutlarni o‘rganish, yashirin import va u bilan bog‘liq budjet yo‘qotishlarini baholash usullarini ishlab chiqishga e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, import tovarlarining ichki bozordagi harakatini kuzatish imkoniyatlari, bojxona tartib-taomillari va raqamli xizmatlarning tadbirkorlik xarajatlariga ta’siri o‘rganiladi.

Memorandum mutaxassislar va tadqiqotchilar o‘rtasida tajriba almashish, qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari, seminarlar hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirishni ham qamrab oladi. Tadqiqotlar natijalari asosida bojxona ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar va metodik tavsiyalar tayyorlanadi.

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy