+998 71 239 19 52
||

Ilm va amaliyot birlashdi: SPbDU Toshkent filiali bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

13 May 2026Yangilik

Institut va Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkent filiali o'rtasida ilmiy tadqiqotlar, amaliy seminarlar va qo'shma loyihalar bo'yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va fiskal tadqiqotlar instituti (FTI) hamda Sankt-Peterburg davlat universiteti Toshkentdagi filiali o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi.

Memorandumga SPbDU Toshkent filiali direktori Mahmudjon Jo'raqulovich Ziyodullayev va FTI direktori Abbosbek Yunus o'g'li Jurayev imzo qo'ydi.

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha faoliyat olib borilishi rejalashtirilgan:

  1. ilmiy-tadqiqot ishlarini birgalikda rivojlantirish;
  2. talabalar va mutaxassislar uchun amaliy seminarlar tashkil etish;
  3. iqtisodiyot va fiskal tahlil sohasida tajriba almashish;
  4. qo'shma loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

Ushbu memorandum ikki muassasa o'rtasidagi hamkorlikni institutsional asosda mustahkamlash hamda iqtisodiyot va fiskal tahlil sohasida malakali yosh mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.





Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy