Ilmiy hamkorlik: QQSni qaytarish mexanizmlarining tashqi savdoga ta’siri tahlil qilindi
FTI tadqiqotchisi QQSni qaytarish mexanizmlarining O'zbekiston tashqi savdosiga ta'sirini o'rganib, soha bo'yicha tahliliy xulosalar taqdim etdi.
Institutimiz ilmiy salohiyatini xalqaro va respublika miqyosida namoyish etish maqsadida tadqiqotchilarimiz faol ishtirokni davom ettirmoqdalar. Xususan, 2026-yil 7-may kuni TDYU qoshidagi Ilmiy-tadqiqot markazida bo‘lib o‘tgan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida S. Voronin va D. Musabekov ishtirok etishdi.
Ular o‘zlarining "QQSni qaytarish mexanizmidan foydalangan holda tashqi savdo aylanmasi tarkibiga ta'siri" mavzusidagi hisobotlari bilan qatnashib, soliq islohotlarining tashqi savdoga ta’sirini tahlil etuvchi muhim ilmiy xulosalarni taqdim etdilar.
Tadqiqot natijalari konferensiya materiallari to‘plamida muvaffaqiyatli nashr etildi. Ushbu muvaffaqiyat bilan hamkasblarimizni tabriklaymiz va kelgusi ilmiy izlanishlarida zafarlar tilaymiz!

















