+998 71 239 19 52
|||

🌍 Jahonda soliq siyosatidagi özgarişlar

4 Noyabr 2026Yangilik 33

Jamğarma va ijara daromadlari: Buyuk Britaniyada soliq stavkalari 49% gaça oşirilişi rejalaştirilmoqda

Bank omonatlaridan foiz yoki köçmas mulk ijarasidan daromad oluvçilar uçun soliq yuki oşişi kutilmoqda. Buyuk Britaniyaning 2026-yilgi budjeti doirasida 2027-yil 6-apreldan quyidagi stavkalarni qöllaş e’lon qilindi:

🔹 20% → 24% — bazaviy stavka

🔹 40% → 44% — yuqori stavka

🔹 45% → 49% — eng yuqori stavka

Yangi stavkalarni moliya qonuni loyihasi orqali belgilaş nazarda tutilgan.

💡 Bu soliq tölovçi uçun nimani anglatadi?

Masalan, bazaviy stavka qöllanadigan 1 000 funt soliqqa tortiladigan daromad uçun soliq 200 funtdan 240 funtga oşadi.

Hukumatning maqsadi — budjet intizomini mustahkamlaş hamda aholi va biznesni qöllab-quvvatlaş xarajatlarini moliyalaştiriş. Foiz daromadlari böyiça stavkalar butun Birlaşgan Qirollikka, ijara daromadlari böyiça esa Angliya, Uels va Şimoliy Irlandiyaga taalluqli.

Özbekistonda qanday tartib amal qiladi?

Jismoniy şaxslar — Özbekiston soliq rezidentlari uçun:

🏦 Bank omonatlari böyiça foizlar — daromad soliğidan ozod. (Soliq kodeksi, 378-modda, 13-band)

🏠 Köçmas mulk ijarasidan daromadlar — umumiy tartibda 12%. (Soliq kodeksi, 381-modda)

📊 Alohida imtiyoz qöllanmaydigan boşqa foiz daromadlari — 5%. (Soliq kodeksi, 381-modda)

🔗 Buyuk Britaniya soliq xizmati — HMRC | Özbekiston Soliq kodeksi



Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy