Jenevada Katta Kaspiy mintaqasining investitsiyaviy salohiyati muhokama qilindi
2026-yil 14-oktabr kuni Jeneva shahrida Institut xodimlari Katta Kaspiy mintaqasining iqtisodiy va strategik ahamiyatiga bag‘ishlangan JCC yillik konferensiyasida ishtirok etdi.
Tadbir “Katta Kaspiy mintaqasi: noaniqlik sharoitida barqarorlik oroli” mavzusida o‘tkazildi. Davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va biznes vakillari mintaqadagi investitsiya muhiti, tartibga solish masalalari hamda bozorlarga chiqish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Panel munozaralari doirasida Markaziy Osiyo va Kavkazning xalqaro savdo hamda biznesdagi o‘rni, shuningdek, mintaqadagi o‘zgarishlar fonida yuzaga kelayotgan xatarlar va yangi imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.
Konferensiya xalqaro hamkorlar va biznes vakillari bilan fikr almashish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.




















