Institutimiz hamda Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va fiskal tahlillar instituti hamda Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va dalillarga asoslangan siyosatni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Ushbu hujjat ikki tomonlama ilmiy va amaliy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda huquqiy va strategik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tuzilgan memorandum doirasida tomonlar quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda birgalikda ish olib borishni rejalashtirmoqdalar:
- Ilmiy-tadqiqot faoliyati: Ikki tashkilotning ilmiy salohiyatini birlashtirgan holda dolzarb mavzularda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish;
- Tajriba va ma’lumotlar almashinuvi: Tahliliy ma’lumotlar, statistik bazalar va zamonaviy tadqiqot usullari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;
- Dalillarga asoslangan siyosat: Davlat miqyosida qabul qilinayotgan ijtimoiy-iqtisodiy qarorlarni aniq ilmiy dalillar va chuqur tahlillar bilan qo‘llab-quvvatlash.
Kutilayotgan natijalar
Mazkur memorandum ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi integratsiyani kengaytirish bilan bir qatorda, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish hamda davlat siyosatini dalillar asosida yanada takomillashtirish yo‘lidagi muhim qadamdir.




















