Osiyo–Tinch okeani mintaqasida iqlim xatarlariga fiskal barqarorlik va iqlimni moliyalashtirish bo‘yicha muloqot
2026-yil 12-oktabr kuni Tailandning Bangkok shahrida Iqlim bo‘yicha harakatlar uchun moliya vazirlari koalitsiyasining Osiyo–Tinch okeani mintaqaviy muloqotida Fiskal tahlillar instituti direktori Abbosbek Jurayev ishtirok etdi.
🌱 Muloqot budjet imkoniyatlari cheklangan sharoitda iqlim xatarlarini boshqarish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va yashil o‘tish jarayonlarini moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlandi.
Tadbir doirasida mintaqa mamlakatlarining moliya idoralari vakillari va xalqaro ekspertlar quyidagi yo‘nalishlarda tajriba almashdilar:
🔹 iqlim o‘zgarishining davlat daromadlari, xarajatlari va qarz barqarorligiga ta’sirini baholash;
🔹 budjetni rejalashtirish va davlat investitsiyalarida iqlim xatarlarini hisobga olish;
🔹 ekologik soliqlar, uglerodga narx belgilash va yashil davlat xaridlari;
🔹 iqlim loyihalariga davlat va xususiy mablag‘larni jalb etish;
🔹 mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish.






















