+998 71 239 19 52
||

O‘zbekiston Gruziyaning QQSni avtomatlashtirilgan qaytarish tajribasini o‘rganmoqda

24 Iyul 2026Yangilik 17

2026-yil 21–25-iyul kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining QQSni avtomatlashtirilgan qaytarish, soliq xavflarini raqamli baholash hamda qaror qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha Gruziya tajribasini o‘rganishga bag‘ishlangan xizmat safari bo‘lib o‘tmoqda.

Delegatsiya tarkibidan Soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Fiskal tahlillar instituti vakillari o‘rin olgan.

Mazkur tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PF–100-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda elektron hisobvaraq-fakturalar va soliq hisobotlarini real vaqt rejimida xavflarni baholash asosida QQSning manfiy farqini avtomatik qoplash mexanizmini joriy etish nazarda tutilgan.

Gruziya Moliya vazirligi huzuridagi Daromadlar xizmati mutaxassislari bilan uchrashuvlar davomida ishtirokchilar QQSni avtomatlashtirilgan qaytarish amaliyoti hamda soliq ma’murchiligi sohasidagi zamonaviy raqamli yechimlar bilan tanishmoqda.

Mazkur tashrif davomida orttirilgan tajriba O‘zbekistonda QQSni qaytarish mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda raqamli soliq ma’murchiligini rivojlantirishda qo‘llaniladi.

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy