+998 71 239 19 52
||

Soliq kodeksiga kiritilayotgan o'zgartirishlar muhokama qilindi

7 Iyul 2026Yangilik 129

Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma'muriyatini takomillashtirish fiskal tahlillar institutida Soliq kodeksiga kiritilayotgan o'zgartirishlar va qo'shimchalar loyihasini muhokama qilishga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbirda Institut rahbariyati, Soliq maslahatchilari palatasi, Auditorlar palatasi rahbariyati, xususiy soliq maslahatchilari hamda soha ekspertlari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida Soliq kodeksiga kiritilishi taklif etilayotgan o'zgartirishlar har tomonlama muhokama qilindi. Ishtirokchilar mazkur o'zgartirishlarning soliq ma'muriyatchiligi samaradorligiga, tadbirkorlik subyektlari uchun soliq yukiga, huquqni qo'llash amaliyotiga hamda davlat budjeti daromadlariga ehtimoliy ta'siri yuzasidan fikr almashdi. Shuningdek, amaldagi soliq qonunchiligini takomillashtirish, huquqiy normalarning aniqligi va izchilligini ta'minlash, soliq to'lovchilar uchun qulay va shaffof muhit yaratishga qaratilgan takliflar ko'rib chiqildi.

Tadbir yakunida bildirilgan taklif va mulohazalarni tizimlashtirish, ularni huquqiy va iqtisodiy jihatdan qo'shimcha baholash hamda asoslangan takliflarni Soliq kodeksi loyihasini takomillashtirish jarayonida inobatga olish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy