+998 71 239 19 52
||

Yevropa Ittifoqi past qiymatli import tovarlari uchun yangi bojxona tartibini joriy etmoqda

15 Iyun 2026Yangilik

2026-yil 1-iyuldan boshlab Yevropa Ittifoqi qiymati 150 yevrogacha bo‘lgan va elektron savdo platformalari orqali YI hududidan tashqaridan olib kiriladigan tovarlar uchun amalda bo‘lgan bojxona imtiyozini bekor qiladi.

Yangi tartibga ko‘ra, bunday tovarlarga 3 yevro miqdorida vaqtinchalik qat’iy bojxona boji joriy etiladi. Mazkur mexanizm 2028-yil 1-iyulgacha amal qiladi hamda Yevropa Ittifoqining bojxona tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng qamrovli islohotlarining bir qismi hisoblanadi.

Shu bilan birga, bojxona boji jo‘natmadagi har bir tovar pozitsiyasi (item) uchun uning tarif tasnifiga muvofiq hisoblanadi, bir xil tovarlar soni bo‘yicha emas.

YI ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda elektron savdo orqali kirib kelayotgan past qiymatli import hajmi keskin oshgan. Islohotning asosiy maqsadi — mahalliy biznes uchun adolatli raqobat muhitini yaratish, iste’molchilar xavfsizligini ta’minlash va bojxona nazoratining samaradorligini oshirishdir.

Mazkur islohot elektron tijorat sohasidagi bojxona ma’murchiligini takomillashtirish hamda transchegaraviy savdo uchun qo‘llanilayotgan imtiyozli tartiblarni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha global tendensiyalarni aks ettiradi.

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy