AQShning «Liberation Day» tarif tashabbusi va uning O‘zbekiston farovonligiga ta’siri
O‘zbekiston eksportining AQSh bozoriga yo‘naltirilgan ulushi 0,8% dan kam bo‘lishiga qaramay, tahlilda foydalanilgan umumiy muvozanat modeli natijalariga ko‘ra, 2025-yil aprel oyida joriy etilgan tariflar mamlakat iqtisodiy farovonligining 0,54% ga pasayishiga olib keladi. Ushbu salbiy ta’sir asosan xalqaro savdo aloqalari orqali yuzaga keladigan bilvosita omillar hisobiga shakllanadi. O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan Xitoy, Rossiya va Qozog‘istonda tariflar oqibatida mos ravishda 1,82%, 1,08% va 0,68% miqdorida iqtisodiy farovonlikning pasayishi hisoblandi. Shu sababli, hamkor davlatlarda O‘zbekistondan kelayotgan importga bo‘lgan talab kutilganidan pastroq bo‘ladi — 0,54% lik yoʻqotish shu umumiy talab qisqarishining jamlangan ifodasidir
2026-yil boshida ayrim davlatlar o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga qaramasdan, ko‘plab mamlakatlar uchun amaldagi tarif stavkalari 2025-yil aprel oyidagi darajadan ham yuqori bo‘lib qolmoqda. Jumladan, O‘zbekiston mahsulotlariga nisbatan AQSh tomonidan qo‘llanilayotgan o‘rtacha vaznli tarif stavkasi 2026-yilda 15,3% ni tashkil etadi. Bu esa global savdo ziddiyatlari to‘liq bartaraf etilmaganini hamda yuqori tarif to‘siqlari xalqaro savdo tizimida saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.















Izohlar
Hozircha izohlar yo'q