DAVLAT BUDJETI IJROSI JARAYONIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING AHAMIYATI
Mazkur maqolada davlat budjeti ijrosi jarayonida ochiqlik va shaffoflik tamoyilining ahamiyati tahlil qilinadi. Muallif budjet shaffofligiga oid turli ilmiy ta'riflarni (Premchand, Hood, OECD, Ott va boshqalar) ko'rib chiqib, uni davlat moliyaviy faoliyati va qaror qabul qilish jarayonlari haqida to'liq, aniq va o'z vaqtidagi ma'lumotni jamoatchilikka taqdim etish jarayoni sifatida talqin qiladi.
Tadqiqotda shaffoflik tizimining to'rt asosiy institutsional funksiyasi atroflicha yoritilgan: axborot yetkazish va standartlashtirish, nazorat va baholash, javobgarlikni joylashtirish, hamda fuqarolik ishtirokini integratsiyalash. Shuningdek, jamoatchilik ishonchi nazariyasi, agent-nomzod modeli va xarajat-foyda tahlili kabi nazariy yondashuvlar orqali budjet ochiqligining iqtisodiy-institutsional asoslari izohlangan, huquqiy baza, standartlashtirilgan axborot formati va raqamli infratuzilmaning roli ko'rsatib o'tilgan.















Izohlar
Hozircha izohlar yo'q