Davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda dasturiy budjetlashtirish mexanizmlarining o‘rni
Ushbu maqolada davlat moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda dasturiy byudjetlashtirish mexanizmlarining o‘rni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda davlat moliyasini boshqarish tizimida natijaga yo‘naltirilgan va dasturiy byudjetlashtirishning ahamiyati, uning fiskal risklarni boshqarish, byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlash va davlat xarajatlari ustidan nazoratni kuchaytirishdagi o‘rni o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada O‘zbekiston misolida dasturiy byudjetlashtirish tizimini joriy etishning huquqiy-me’yoriy asoslari, mavjud uslubiy va institutsional muammolar tahlil qilingan.
Tadqiqot natijalari asosida byudjet dasturlarining maqsadli ko‘rsatkichlarini takomillashtirish, ularning strategik rivojlanish maqsadlari bilan bog‘liqligini kuchaytirish, monitoring va baholash tizimini takomillashtirish, byudjet ma’lumotlarining shaffofligini kengaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.















Izohlar
Hozircha izohlar yo'q