HAFTALIK DAYJEST · 26–30-oktabr, 2026-yil · muhim fiskal va iqtisodiy yangiliklar şarhi
🟢Özbekiston Hisob palatasi davlat xaridlarida 10,2 trln sömlik qonunbuzilişlarni aniqladi. 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida ötkazilgan tekşiruvlar natijasida 4,8 trln sömlik materiallar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan. Şuningdek, 1,6 trln sömlik qöşimça soliq tuşumlari manbalari aniqlanib, ularning 656,3 mlrd sömi budjetga undirilgan.
🟢Oliy Majlis Qonunçilik palatasi soliq imtiyozlarini Soliq kodeksiga özgartiriş kiritilmasdan qöllaşga oid qonun loyihasini birinçi öqişda ma’qulladi. Loyihaga köra, Prezident qarorlari bilan belgilangan ayrim soliq imtiyozlari Soliq kodeksiga tegişli özgartirişlar kiritilguniga qadar ham amal qilişi mumkin. Muhokamalarda soliq qonunçiligining barqarorligi va imtiyozlarni qöllaşning huquqiy asoslari körib çiqildi.
🟢 Özbekiston Markaziy banki islom banki faoliyatini amalga oşiriş uçun ilk litsenziyani Open Bank'ka berdi. 26-oktabr kuni berilgan 1-I-sonli litsenziya foydani taqsimlaş, şeriklik va islomiy ijara kabi moliyalaştiriş mexanizmlarini joriy etiş imkonini beradi. Bu bank xizmatlarini diversifikatsiya qiliş va tadbirkorlik uçun muqobil moliyalaştiriş manbalarini kengaytirişga xizmat qilişi mumkin.
🟢 Jahon banki dunyoda 811 mln kişi öta qaşşoqlik şaroitida yaşayotganini ma’lum qildi. Dunyo aholisining qariyb yarmi — 3,7 mlrd kişi kuniga 8,30 dollardan kam daromadga ega. Yangi hisobotda qaşşoqlikni qisqartiriş uçun mehnat unumdorligini oşiriş, sifatli iş örinlarini yaratiş va rasmiy bandlikni kengaytiriş zarurligi ta’kidlangan.
🟢 Jahon banki Ğarbiy Bolqon mamlakatlarida savdo xarajatlarini kamaytiriş iqtisodiy ösişni jadallaştirişini ta’kidladi. Mintaqa iqtisodiyoti 2026-yilda 3,1 foizga, 2027-yilda esa 3,4 foizga ösişi prognoz qilinmoqda. Bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş, ma’muriy tösiqlarni kamaytiriş va savdo qoidalarining şaffofligini oşiriş eksport hamda bandlikni rağbatlantirişi mumkin.
🟢 Jahon banki Turkiya sanoatini raqamlaştiriş uçun 485 mln dollarlik loyihani ma’qulladi. Dastur kiçik va örta korxonalarda sun’iy intellekt, avtomatlaştiriş va raqamli kuzatuv texnologiyalarini joriy etişga qaratilgan. 2032-yilgaça 280 ta korxonani moliyalaştiriş va 180 mln dollar xususiy kapital jalb qiliş rejalaştirilmoqda.
🟢 Jahon banki 2026-yilda jahon xomaşyo narxlari 23 foizga oşişini prognoz qildi. Energiya resurslari narxi 32 foizga, oziq-ovqat xomaşyosi narxi esa 10 foizga oşişi kutilmoqda. Brent neftining örtaça narxi bir barrel uçun 91 dollar bölişi mumkin. Uşbu özgarişlar inflyatsiya, işlab çiqariş xarajatlari va budjet körsatkiçlariga ta’sir körsatadi.
🟢 Jahon banki Bangladeşdagi konsalting kompaniyasini soxta moliyaviy hujjatlar uçun 19 oyga loyihalardan çetlaştirdi. Modern Engineers Planners and Consultants Ltd. kompaniyasi loyiha doirasida notöğri moliyaviy hujjatlar va soxta hisobvaraq-fakturalarni taqdim etgan. Çeklov boşqa xalqaro taraqqiyot banklari loyihalariga ham tatbiq etilişi mumkin.
















Izohlar
Hozircha izohlar yo'q