+998 71 239 19 52
|||

HAFTALIK DAYJEST · 9–15-oktabr, 2026-yil · muhim fiskal va iqtisodiy yangiliklar sharhi

16 Oktabr 2026Haftalik 2

🟢 IHTT foyda solig‘i tizimini biznes rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga moslashtirish bo‘yicha yangi hisobotni e’lon qildi. Unda soliq stavkalari, ma’muriy xarajatlar, zararlarni keyingi davrlarga o‘tkazish, moliyalashtirish imkoniyatlari va soliq imtiyozlarining korxonalar faoliyatiga ta’siri tahlil qilingan.

🟢 IHTT uglerod intensivligiga doir talablarning bojxona rasmiylashtiruviga ta’sirini o‘rgandi. Bunday talablarni samarali qo‘llash uchun hujjatlarning yagona shakli, axborot tizimlarining o‘zaro mosligi hamda bojxona, ekologiya va sertifikatlashtirish organlari vazifalarini aniq belgilash zarur.

🟢 IHTT Sharqiy hamkorlik mamlakatlarida savdo tartib-taomillari va bojxona tizimini raqamlashtirish jarayonlarini baholadi. Armaniston, Ozarbayjon, Moldova va Ukrainada bojxona operatsiyalarini raqamlashtirish va tartibga solish shaffofligini oshirish bo‘yicha natijalar qayd etilgan, biroq islohotlarni amalda bajarish va transchegaraviy muvofiqlashtirishda muammolar saqlanib qolmoqda.

🟢 IHTT G20 moliya vazirlari va markaziy banklar rahbarlari uchun xalqaro soliq kun tartibiga bag‘ishlangan hisobotni taqdim etdi. Hisobotda korporativ soliqqa tortish, soliq talablariga rioya etish xarajatlari, soliq shaffofligi va xalqaro hamkorlik masalalari yoritilgan.

🟢 IHTT plastik chiqindilarning xalqaro savdosidagi o‘zgarishlarni tahlil qildi. 2024-yilda global savdo hajmi 2020-yildan buyon eng katta yillik pasayishni qayd etgan bo‘lsa-da, IHTT mamlakatlaridan tashkilotga a’zo bo‘lmagan davlatlarga eksport yana ko‘paygan.


Izohlar

Hozircha izohlar yo'q

Izoh qoldiring

—

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy