Kichik biznesni legallashtirishda mobil soliq va hisob tizimlari: ilgʻor xorij tajribasi va oʻzbekiston uchun istiqbollar
Mazkur tezisda xizmat koʻrsatish sohasi subyektlarini “yashirin iqtisodiyot”dan olib chiqishning innovatsion mexanizmlari tadqiq etilgan. Xususan, 2026-yildan Oʻzbekistonda amaliyotga kiritilgan yangi raqamli platforma “Paynet Xolis” dasturi va uning soliq maʼmuriyatchiligini raqamlashtirishdagi oʻrni tahlil qilingan. Tadqiqot davomida milliy model ilgʻor xorij tajribasi (Estoniya, RF, Qozogʻiston va Buyuk Britaniya) bilan qiyosiy oʻrganilib, mobil platformalar orqali avtomatlashtirilgan hisob va audit tizimining afzalliklari yoritib berilgan. Yashil iqtisodiyot tamoyillariga asoslangan qogʻozsiz texnologiyalarni qoʻllash orqali barqaror iqtisodiy oʻsishga erishish va kichik biznes hisobini soddalashtirish boʻyicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
















Izohlar
Hozircha izohlar yo'q