+998 71 239 19 52
||

Ochiqlik indeksi va korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligi: Oʻzbekiston tajribasining institutsional tahlili

25 Mart 2026Muallif: Uchqun Abdugʻaniyev, Dilshod Pulatov Jurnal: MUHANDISLIK VA IQTISODIYOTYoʻnalish: Hammasi 65

Mazkur maqolada davlat organlari faoliyatining ochiqlik darajasi va uning korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligiga ta’siri O‘zbekiston misolida institutsional jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda ochiqlik indeksining metodologik asoslari, budjet va davlat xaridlarining shaffofligi, shuningdek axborot olish huquqining amaliy mexanizmlari o‘rganilgan. Xalqaro ko‘rsatkichlar dinamikasi asosida ochiqlik va korrupsiyani nazorat qilish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanadi.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mamlakatda ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha keng qamrovli huquqiy va tashkiliy asos yaratilgan. Biroq mavjud baholash mexanizmlari asosan axborotning mavjudligini qayd etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning sifati, amaliy foydaliligi hamda real ta’siri yetarli darajada baholanmayapti. Shu asosda ochiqlik tizimini natijadorlik va korrupsion xavflarni kamaytirish mezonlari bilan boyitishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.

Yuklab olish

Izohlar

Hozircha izohlar yo'q

Izoh qoldiring

—

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy