O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari tizimida ekologik mezonlarni qo‘llashning amaliy mexanizmlarini takomillashtirish
Mazkur tezisda O‘zbekistonning davlat xaridlari tizimida ekologik mezonlarni qo‘llashning amaliy mexanizmlari tahlil qilingan. Asosiy e’tibor ekologik mezonlarni xarid jarayonining uchta bosqichi – xarid obyekti, ishtirokchi va takliflarni baholash darajalariga integratsiya qilish masalasiga qaratilgan. Yevropa Ittifoqi va Yaponiya tajribasi asosida ekologik mezonlarni standartlashtirish, ularni sonli ko‘rsatkichlar orqali ifodalash hamda rejalashtirish va hisobot tizimiga kiritish zarurligi asoslab berilgan. Shuningdek, ekologik mezonlar qo‘llaniladigan xaridlar ulushini amaliy jihatdan ta’minlashga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.















Izohlar
Hozircha izohlar yo'q