+998 71 239 19 52
||

Soliq ma’murchiligi yashirin iqtisodiyotni yenga oladimi?

2 Fevral 2026Muallif: Pulatov Dilshod, Mamatkulov Salimjon, Xujamuradov AbrorbekJurnal: Advances in Science and SustainabilityYoʻnalish: Hammasi 43

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi 505,6 trln so‘mga yetgan bo‘lib, uning eng katta ulushi qishloq xo‘jaligi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bois, so‘nggi yillarda soliq ma’murchiligini takomillashtirish, elektron to‘lovlarni ommalashtirish va raqamli nazorat mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mazkur maqolada naqd pulsiz hisob-kitoblar, yagona QR-kod tizimi, ko‘chmas mulk va transport vositalari bo‘yicha shaffof to‘lov mexanizmlari, shuningdek, umumdeklaratsiyalash tizimini joriy etishning ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilingan.

Soliq nazoratini kuchaytirish yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish uchun yetarlimi? Raqamlashtirish va elektron to‘lovlar iqtisodiyotni qanchalik shaffoflashtiradi? Ushbu savollarga javob topish uchun maqolaning to‘liq matni bilan tanishing.

Yuklab olish

Izohlar

Hozircha izohlar yo'q

Izoh qoldiring

—

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy