YO‘L HAQI YANA OSHADIMI? Jamoat transportida brutto-shartnoma: yo‘lovchi oqimi oshmoqda, subsidiya yuki kamaymayapti
Yo‘l haqi yana oshadimi? So‘nggi yillarda Toshkent shahrida jamoat transportidan foydalanayotgan yo‘lovchilar soni sezilarli darajada ortdi. Avtobuslar qatnovi yaxshilanib, yo‘lkira tushumlari ham ko‘paymoqda. Biroq kutilganidek subsidiya yuki kamaymayapti, aksincha, jamoat transportini moliyalashtirish uchun byudjetdan ajratilayotgan mablag‘lar hajmi oshib bormoqda.
Nega “ko‘proq yo‘lovchi — ko‘proq tushum — kamroq subsidiya” tamoyili ishlamayapti? Yo‘lovchilar soni 26,2 foizga oshgan bo‘lsa-da, nega subsidiya ulushi 64,3 foizdan 65,1 foizga ko‘tarildi? London va Singapur tajribasi nimani ko‘rsatmoqda?
Mazkur tahliliy ma’lumotda brutto-shartnoma tizimining amaldagi natijalari, subsidiyalar samaradorligi va jamoat transportini moliyalashtirishning keyingi bosqichlari tahlil qilingan. Ushbu savollarga javob topish uchun tahliliy ma’lumotning to‘liq matni bilan tanishing.
















Izohlar
Hozircha izohlar yo'q