Zargarlik buyumining yölini — importdan sotuvgaça kuzatiş mumkinmi?
Xaridor zargarlik buyumidagi proba tamğasini körişi va kassa çekini olişi mumkin. Ammo şu ma’lumotlar orqali buyumni kim import qilgani, u belgilangan tartibda rasmiylaştirilgani va aynan şu tovar çekda aks etganini aniqlaş mumkinmi?
Bu savol soha jadal rivojlanayotgan şaroitda ayniqsa dolzarb. 2025-yilda zargarlik buyumlarini sotuvçi korxonalarning tovar aylanmasi 21,75 trln sömga yetdi. Onlayn çeklarda esa 12,81 trln sömlik savdo aks etgan — bu umumiy aylanmaning 58,9 foizi. 2024-yilda mazkur körsatkiç 75 foizni taşkil etgan.
Onlayn çeklarda aks etgan savdo uluşining kamayişi öz-özidan yaşirin savdo köpayganini isbotlamaydi: bu körsatkiçlarga ulgurji operatsiyalar, metallar harakati va hisob yuritiş xususiyatlari ham ta’sir qilişi mumkin. Biroq bu holat tovarning yölini — işlab çiqariş yoki importdan tortib xaridorga sotilgunga qadar — kuzatiş muhimligini körsatadi.
Tadqiqotda tovar harakatining turli bosqiçlaridagi xavflar tahlil qilinib, ularni kamaytiriş böyiça takliflar işlab çiqilgan. Ular orasida har bir buyumga yagona raqamli ID beriş, uni bojxona va soliq ma’lumotlari bilan boğlaş, QR-kod orqali tekşiriş imkoniyatini yaratiş hamda işonçli importçilar uçun rasmiylaştiruv jarayonini soddalaştiriş bor. Bu yondaşuv qoidabuzarliklarni aniqroq belgilaş va qonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga ortiqça ma’muriy yukni kamaytirişga yordam beradi.

















Izohlar
Hozircha izohlar yo'q