+998 71 239 19 52
|||

Özbekistonning soliq sohasidagi şaffofligi: IHTT baholaş natijalari

5 Noyabr 2026Yoʻnalish: Hammasi 3

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) Global forumi ilk bor Özbekistonning sörov asosida soliq ma’lumotlarini almaşiş böyiça xalqaro standart — EOIR talablariga muvofiqligini kompleks baholadi.

Özbekiston Largely Compliant — «standart talablariga katta darajada muvofiq» reytingini oldi.

📊 Asosiy natijalar

2022-yil aprelidan 2025-yil martigaça bölgan davrda Özbekiston:

• 25 ta xorijiy hamkordan 230 ta sörov qabul qildi;

• sörovlarning 95 foizini 90 kun içida bajardi;

• xorijiy soliq organlariga 382 ta sörov yubordi.

2026-yil iyul oyida Soliq masalalarida özaro ma’muriy yordam körsatiş töğrisidagi konvensiya imzolanganidan söng Özbekistonning ma’lumot almaşiş tarmoği qariyb 56 tadan 159 ta yurisdiksiyagaça kengaydi.

✅ Törtta yönalişda standart talablariga töliq muvofiqlik qayd etildi. Bular xalqaro-huquqiy vositalar va hamkor davlatlarni qamrab oliş, soliq tölovçilar huquqlariga rioya etiş, şuningdek, xabardor qiliş va şikoyat qiliş tartib-taomillaridir.

⚠️ Eng köp e’tirozlar yuridik mulkdorlar va benefitsiar mulkdorlar haqidagi ma’lumotlarga taalluqli böldi. Uşbu yönaliş «qisman muvofiq» deb baholandi.

IHTT quyidagilarni tavsiya etadi:

• davlat reyestrlaridagi ma’lumotlarning dolzarbligini tekşirişni kuçaytiriş;

• kompaniyalar, şirkatlar, trastlar va nominal tuzilmalarning benefitsiar mulkdorlarini aniqlaşning yagona qoidalarini belgilaş;

• soliq organlariga bank hisobvaraqlarining benefitsiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlardan foydalaniş imkoniyatini yaratiş;

• xalqaro ma’lumot almaşinuvi uçun ma’lumotlarni yiğiş vakolatlarini Soliq kodeksida bevosita mustahkamlaş;

• EOIR böyiça ixtisoslaştirilgan bölinma taşkil etiş va tegişli qöllanmani tasdiqlaş;

• maxfiy ma’lumotlar himoyasini kuçaytiriş.

📄 Global Forum on Transparency and Exchange of Information for Tax Purposes: Uzbekistan 2026 (Second Round)

🔗 IHTTning rasmiy hisoboti


Yuklab olish

Izohlar

Hozircha izohlar yo'q

Izoh qoldiring

—

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy