"Fiskal muloqot" tadbiri | 30-iyul, 2026
Toshkentda ekspertlar va OAV vakillari ishtirokida navbatdagi "Fiskal muloqot" tadbiri bo'lib o'tdi.
2026-yil 30-iyul kuni Toshkentda navbatdagi "Fiskal muloqot" tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda davlat boshqaruvi organlari, ilmiy va ekspertlar hamjamiyati hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Muhokama qilingan asosiy mavzular:
- Soliq va bojxona imtiyozlari samaradorligi (2025-yilda ularning hajmi 178,2 trln so'mga yetgan, shundan 64 foizi QQS imtiyozlariga to'g'ri keladi)
- Soliq xarajatlarini tizimli hisobga olish
- Soliq-budjet siyosatini takomillashtirish bo'yicha takliflar
- Norasmiy bandlikni qisqartirish va Pensiya jamg'armasini mustahkamlash masalalari
Institut mutaxassislari soliq va bojxona imtiyozlari bo'yicha dastlabki tahlil natijalarini hamda soliq-budjet siyosatini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflarni taqdim etdilar.
"Fiskal muloqot" — Fiskal tahlillar instituti tomonidan muntazam tashkil etiladigan ochiq ekspertlar platformasi.

















