+998 71 239 19 52
||
Seminar

Hududlarning eksport salohiyatini baholash bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Sana: 7 Avgust 2026Format: Yuzma-yuz 71

Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma'murchiligini takomillashtirish, fiskal tahlillar institutida hududlarning eksport salohiyatini baholash va istiqbolli eksport yo‘nalishlarini aniqlashga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi O.A. Hakimov rahbarligida 2026-yil 5-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi. Seminar-treningda ilmiy-tadqiqot muassasalari va tegishli idoralarning mas’ul rahbar hamda mutaxassislari ishtirok etdi.

Seminar-trening davomida Tina Trade hamda Harvard universitetining “Atlas of Economic Complexity” platformalari imkoniyatlari asosida:

🔹 O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini baholash;

🔹 respublikadagi 208 ta tumanning eksport imkoniyatlarini tahlil qilish;

🔹 hududlarning istiqbolli eksport yo‘nalishlarini aniqlash;

🔹 tumanlarda eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Seminar-trening ishtirokchilarga zamonaviy tahliliy platformalardan foydalangan holda hududlarning iqtisodiy va eksport imkoniyatlarini chuqurroq baholash, raqobatbardosh mahsulot va istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash bo‘yicha amaliy yondashuvlarni o‘rganish imkonini berdi.

Mazkur yondashuvlar hududlarning mavjud iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, eksport geografiyasi va tarkibini kengaytirish hamda eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni shakllantirishga xizmat qiladi.


Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy