+998 71 239 19 52
||

Institut tahlil uchun ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

24 Avgust 2026Yangilik 54

Institut iqtisodiy va fiskal tahlillarni amalga oshirish uchun Data Warehouse — integratsiyalashgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlarni boshlamoqda.

DMBAT-2, UzASBO, “Ochiq budjet” hamda boshqa davlat axborot tizimlaridagi ma’lumotlarni integratsiya qilish imkoniyatlarini baholash ko‘zda tutilgan. Istiqbolda bunday vositadan yashirin iqtisodiyotni tahlil qilish, soliq va fiskal xatarlarni aniqlash, prognozlar tayyorlash hamda boshqaruv qarorlari sifatini oshirishda foydalanish mumkin.

Mazkur ishlar doirasida Jahon banki ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar tahliliy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, axborot tizimlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash hamda amaliy tadqiqotlarda ma’muriy ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha xalqaro yondashuvlarni muhokama qildilar.

Olingan tavsiyalar ushbu tashabbusni amalga oshirishning texnik va tashkiliy imkoniyatlarini baholashda inobatga olinadi.

Fiskal tahlillar instituti Axborot xizmati


Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy