+998 71 239 19 52
|||

Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosarlarining KPI ijrosi parlament muhokamasida körib çiqildi

6 Noyabr 2026Yangilik 13

Joriy yilning 5-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Budjet va iqtisodiy masalalar qömitasi yiğilişida Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosarlarining 2026-yil I–III çoraklar uçun belgilangan eng muhim samaradorlik körsatkiçlari (KPI) ijrosi yuzasidan axborot tinglandi. Muhokamada vazirlik rahbariyati faoliyatining natijadorligi, asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar, davlat budjeti va ijtimoiy yönalişlardagi vazifalar ijrosi, şuningdek, yil yakuniga qadar bajarilişi lozim bölgan maqsadlar körib çiqildi.

Rahbarlar faoliyatining natijadorligini oşiriş, “Özbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga öz vaqtida va sifatli erişiş, şuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda xöjalik birlaşmalari rahbarlarining mas’uliyatini kuçaytiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda xöjalik birlaşmalari faoliyati samaradorligini baholaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF-49-son Farmoni qabul qilingan.

Farmon ijrosi doirasida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 463-son qarori bilan respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari hamda xöjalik birlaşmalari rahbarlari va ularning örinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik körsatkiçlari asosida baholaş tartibi belgilangan. KPI ijrosi “samaradorlik.uz” elektron platformasida har çorak yakuni böyiça aks ettiriladi va mas’ul taşkilot xodimi tomonidan tasdiqlanadi. Rahbarlarning KPI körsatkiçlari, ularga erişiş böyiça “yöl xaritalari” hamda hududlarda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar dasturi har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Yil uçun belgilangan asosiy maqsadlar qatorida yalpi içki mahsulot (YIM) ösişini kamida 6,6 foiz darajasida ta’minlaş, aholi jon boşiga YIM hajmini 52,3 mln sömga yetkaziş, sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmini 8,3 foizga oşiriş hamda davlat budjeti daromadlarining yillik YIM prognoziga nisbatan uluşini 18,7 foizgaça yetkaziş vazifalari belgilangan.

Şuningdek, ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş dasturi doirasida Davlat budjetining markazlaşgan manbalari hisobidan, tasdiqlangan manzilli röyxatlarga muvofiq, quriliş-ta’mirlaş işlariga mablağ ajratiş nazarda tutilgan.

2026-yil I çorak yakunida 46 ta KPI böyiça umumiy natijadorlik 100 foizni taşkil etdi. Jumladan, YIM ösişi böyiça 6,1 foizlik reja 8,7 foiz ijro bilan ta’minlandi. Aholi jon boşiga YIM hajmi 10,1 mln söm etib belgilangan reja örniga 11,7 mln sömga yetdi.

Sanoatda qöşilgan qiymat hajmini 8,4 mlrd AQŞ dollariga yetkaziş rejasiga nisbatan ijro 10,3 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi. Davlat iştirokidagi yirik korxonalar xarajatlarini maqbullaştiriş böyiça 4 670 mlrd sömlik reja 5 057 mlrd söm miqdorida bajarildi. Ijtimoiy reyestrda turuvçi oilalar a’zolariga subsidiya, ssuda va grant mablağlarini moliyalaştiriş böyiça manbada 50 trln sömlik reja hamda 53,6 mlrd sömlik ijro körsatkiçi qayd etilgan.

II çorak yakunida 51 ta KPI ijrosining umumiy natijadorligi 99,4 foizga yetdi. YIM ösişi böyiça 6,3 foizlik reja 8,5 foiz ijro bilan ta’minlandi. Aholi jon boşiga YIM hajmi 23,8 mln sömlik reja örniga 28 mln sömni taşkil etdi.

Sanoatda qöşilgan qiymat hajmini 19,3 mlrd AQŞ dollariga yetkaziş rejasiga nisbatan ijro 22,5 mlrd AQŞ dollariga teng böldi. Iqtisodiyotda sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmini 8 foizga oşiriş böyiça körsatkiç 100 foiz bajarildi.

2026-yil III çorak yakunida 50 ta KPI böyiça umumiy natijadorlik 99,9 foizni taşkil etdi. YIM ösişi böyiça 6,4 foizlik reja 8,3 foiz ijro bilan ta’minlandi. Sanoatda qöşilgan qiymat hajmi 30,5 mlrd AQŞ dollariga yetkazilişi belgilangan bölsa, ijro 37,4 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi.

Çoraklar yakunlari böyiça taqdim etilgan ma’lumotlar KPI tizimi doirasida makroiqtisodiy körsatkiçlar, sanoat va davlat aktivlari bilan boğliq vazifalar hamda ijtimoiy qöllab-quvvatlaş yönalişlarining bajarilişi baholab borilganini körsatadi.

Yiğilişda joriy yil yakuniga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining farmon hamda qarorlarida belgilangan topşiriqlarga muvofiq, Iqtisodiyot va moliya vaziri örinbosarlari faoliyati uçun tasdiqlangan KPI körsatkiçlarini öz vaqtida va sifatli bajariş muhimligi qayd etildi.

Manba

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy