+998 71 239 19 52
||

Fiskal tahlillar instituti va Qo‘qon universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

17 Sentabr 2026Yangilik 45

2026-yil 17-sentabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish hamda fiskal tahlillar instituti va Qo‘qon universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida fiskal siyosat, soliq va bojxona ma’murchiligi hamda yashirin iqtisodiyot yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, seminar va konferensiyalar tashkil etish, talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ilmiy-uslubiy va tahliliy materiallar tayyorlash nazarda tutilgan.

Ushbu hamkorlik ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish hamda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.


Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy