Oilaviy boğçalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlariga ajratilgan budjet subsidiyalarining 84,7 foizi oilaviy boğçalar hissasiga töğri keldi. Tahlilda davlat, oilaviy va davlat-xususiy şeriklik asosida işlaydigan boğçalarda bir bolaga qancha budjet mablaği ajratilişi, bu mablağ qaysi xarajatlarni qoplaşi va yordam şartlari hududlar böyiça qanday farqlanişi körib çiqilgan.
Asosiy taklif — ta’lim xizmati, ovqatlaniş va oilalarga ijtimoiy yordamni alohida moliyalaştiriş. Muallif ta’lim xizmatini vauçer orqali moliyalaştirişni, ovqatlaniş uçun yordam ajratişda oilaning moddiy ahvolini, oilaviy boğçalarni qöllab-quvvatlaşda esa hududdagi boğça örinlariga ehtiyojni hisobga olişni taklif etadi. Bu takliflarni joriy etişdan oldin ularning moliyaviy va iqtisodiy ta’sirini baholaş zarur.

















Izohlar
Hozircha izohlar yo'q