+998 71 239 19 52
||

Soliq keshbeki: eski mexanizmni saqlash kerakmi yoki yangi bosqichga o‘tish vaqti keldimi?

8 Iyul 2026Muallif: Shamsiyev Fazliddin, Abror HujamurodovYoʻnalish: Hammasi 514

2026-yilda xaridorlarga 1 foizlik soliq keshbekini moliyalashtirish uchun davlat budjetidan 1,8 trln so‘mgacha mablag‘ yo‘naltirilishi prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga, 2026-yil may oyida to‘langan barcha keshbekning 10,7 foizi atigi 10 ta yirik savdo tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Bugungi kunda sun’iy intellekt, Big Data, onlayn nazorat-kassa mashinalari va elektron hisobvaraq-fakturalar keng joriy etilgan bir paytda davlat budjeti mablag‘larini ommaviy rag‘batlantirishga yo‘naltirish qanchalik samarali?

Institut ekspertlari tahliliga ko‘ra, riskga asoslangan nazorat va maqsadli rag‘batlantirish mexanizmlariga bosqichma-bosqich o‘tish orqali budjet xarajatlarini qariyb 20 baravar qisqartirish mumkin.

Maqolada soliq keshbeki mexanizmining bugungi samaradorligi, xalqaro tajriba hamda uni zamonaviy raqamli soliq ma’murchiligi talablariga mos ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar keltirilgan.

Rus tilidagi maqola

Yuklab olish

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy