+998 71 239 19 52
|||

Soliq imtiyozlarini baholashda yangi yondashuv: nominal ko‘rsatkichlar va real fiskal ta’sir

24 Iyun 2026Yangilik 225

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish, fiskal tahlillar instituti direktori Abbosbek Jurayevning navbatdagi tahliliy maqolasi soliq va bojxona imtiyozlarining iqtisodiy mohiyati hamda ularni baholashning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlandi.

Maqolada qayd etilishicha, soliq va bojxona imtiyozlarining e’lon qilingan hajmi ularni bekor qilish natijasida byudjetga tushishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha daromad miqdoriga har doim ham teng bo‘lavermaydi. Xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i misolida ko‘plab imtiyozlar aslida soliq tizimining bazaviy arxitekturasi elementi hisoblanishi, shu sababli ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet yo‘qotishlari sifatida baholash to‘g‘ri emasligi asoslab berilgan.

Tahlilda 2025-yilda qayd etilgan 178,2 trillion so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlari tarkibi, QQS bo‘yicha imtiyozlarning iqtisodiy mazmuni, eksport operatsiyalarida qo‘llaniladigan nol stavka, moliyaviy xizmatlar, IT Park rezidentlari uchun berilgan imtiyozlar hamda texnologik uskunalar importi bilan bog‘liq amaliyotlar xalqaro tajriba bilan taqqoslangan holda ko‘rib chiqiladi.

Muallifning ta’kidlashicha, soliq imtiyozlarining samaradorligini baholashda ularning hajmidan ko‘ra iqtisodiyotga ta’siri muhimroq hisoblanadi. Xususan, investitsiyalar hajmi, eksport ko‘rsatkichlari, yaratilgan ish o‘rinlari va iqtisodiy faollikka ta’sir kabi mezonlar soliq xarajatlarini baholashning asosiy omillari bo‘lishi kerak.

Maqolada, shuningdek, O‘zbekistonda soliq xarajatlarini xalqaro standartlar asosida baholash tizimini shakllantirish zarurligi hamda bu fiskal siyosatning shaffofligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlangan.

O'zbek tilidagi maqola (PDF)

Rus tilidagi maqola (Gazeta.uz)

Hamkorlar

E-mail
office@ifs.imv.uz
Telefon
+998 71 239 19 52
Manzil
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Darxontepa koʻchasi, 7-uy